Toshkentda erkak kaliti ichidagi mashinani o‘g‘irlab, qochib ketdi

1 daqiqa o'qish341
Toshkentda erkak kaliti ichidagi mashinani o‘g‘irlab, qochib ketdi

Toshkent shahrida bir erkak boshqa birovning avtomobilni olib qochdi, deb xabar berdi poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u mablag‘siz qolgani uchun biror narsa o‘g‘irlab tirikchilik qilish niyatida harakat qilgan. Mashinaning eshigi yopilmagani va kaliti o‘t oldirgichda turganidan foydalanib, u transport vositasini haydap ketgan.

Bektemir tumanidagi Chirchiq bo‘yiga borgach, avtomobil salonidan ikki dona monitor, videoregistrator, fonar va sumka olgan. Keyin mashinani tashlab, voqea joyidan qochib ketgan.

“Qilgan ishimdan qattiq afsusdaman. Hech kimga bunday qilmaslikni maslahat beraman. Bu yaxshi yo‘l emas ekan, oqibatini bilmadim”, — degan gumonlanuvchi.

Ma’lum bo‘lishicha, u avval ham sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?