date

Flik: "Men Yamal bilan gaplashdim"

Flik: "Men Yamal bilan gaplashdim"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamal haqida o'z fikrlarini bildirdi. So'nggi vaqtlarda "ko'k-anorranglilar"ning 18 yoshli yulduzi maydondagi muvaffaqiyatlaridan ko'ra, shaxsiy hayoti va mavsum davomida uni qiynayotgan jarohat bilan bog'liq muammolari haqida ko'proq gapirilmoqda.

"Men Lamin bilan ochiqchasiga suhbatlashdim. Biz bir-birimizga juda samimiy bo'ldik.

Men har doim uni qo'llab-quvvatlayman va himoya qilaman. U hali juda yosh", — dedi Flik matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni "Barselona" La Liga doirasida "Elche"ga qarshi bahs olib boradi. O'tgan turda kataloniyaliklar "Santyago Bernabeu"da "Real Madrid"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Flik: "Men Yamal bilan gaplashdim"