date

Tracker-2 haydovchisi avtobus yo'lovchilarini xavf ostiga qo'ydi

Tracker-2 haydovchisi avtobus yo'lovchilarini xavf ostiga qo'ydi
Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yuz bergan hodisaga oid video tarqaldi.

Almazar tumanida "Tracker-2" rusumli avtomobil haydovchisi ataylab avtobus uchun avariyaviy vaziyat yaratib, yo'lovchilar hayotini xavf ostiga qo'ydi. Hodisa 29-oktabr kuni, taxminan soat 17:00 da sodir bo'lgan.

Mazkur hodisa bo'yicha Toshshahartansxizmat rahbariyati Toshkent shahar IIBB YHXBga murojaat qilib, qonuniy choralar ko'rishni so'ragan. Natijada haydovchiga nisbatan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining "Transport vositalari haydovchilari tomonidan to'siq yoki avariyaviy vaziyat yaratish, qarama-qarshi harakatlanish yo'nalishiga chiqish" moddasiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Haydovchiga 10 bazaviy hisoblash miqdori (4 120 000 so'm) miqdorida jarima solinishi mumkin. Haydovchi o'z harakatlarini avtobus haydovchisining avvalroq uni burilish vaqtida siqib qo'ygani bilan izohladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tracker-2 haydovchisi avtobus yo'lovchilarini xavf ostiga qo'ydi