21:04 / 23.12.2021
2 066

«Zamministr»ning ikkinchi xotiniman deb «mashhur» bo‘lgan aktrisa «Vtoraya jena zamministra» nomli MCHJ ochdi

«Zamministr»ning ikkinchi xotiniman deb «mashhur» bo‘lgan aktrisa «Vtoraya jena zamministra» nomli MCHJ ochdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Vtoraya jena zamministra» deb nomlangan MCHJ tashkil etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Statistika qo‘mitasining saytida ham bu nomdagi MCHJ haqida ma’lumot mavjud.

Foto: «registr.stat.uz»
«Daryo» ushbu MCHJ aktrisa Madina Eshonqulovaga tegishli ekanini aniqladi. Aktrisaning o‘zi ham nashrga bu ma’lumotni tasdiqladi. Aktrisaning qayd etishicha, MCHJ kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanadi.

Statistika qo‘mitasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, MCHJ 2021 yil 29 sentabrda ro‘yxatdan o‘tgan. «Orginfo.uz» saytida bu MCHJ nomi «Paido low calorie drink» sifatida berilgan. Aktrisa «Daryo»ga MCHJ nomini kecha (22 dekabr) o‘zgartirilganini ma’lum qildi.

Foto: «orginfo.uz»
Ma’lumot uchun, avgust oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tungi reydlarning birida ayol haydovchi o‘zini «zamministr»ning ikkinchi xotini ekanini aytib YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani aks etgan video tarqalgandi. Keyinchalik bu ayol aktrisa Madina Eshonqulova ekani ma’lum bo‘ldi.

Davlat xizmatlari agentligi ushbu holatga munosabat bildirib nom qayta o‘zgartirilganini ma’lum qildi.

«Muhokamalarga sabab bo‘layotgan tadbirkor aslida boshqa nom ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, 2021 yilning 22 dekabr kuni Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va nomini o‘zgartirgan. Muhokamaga sabab bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektining firma nomi, tadbirkor bilan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng belgilangan tartibda o‘zgartirildi.

O‘z navbatida, tadbirkorlardan firmalariga nom tanlashda, uni o‘zgartirishda qonun talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz
», – deyiladi agentlik xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi «Firma nomlari to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasiga asosan firma nomida:
  • davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
  • tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
  • firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
  • jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Zamministr»ning ikkinchi xotiniman deb «mashhur» bo‘lgan aktrisa «Vtoraya jena zamministra» nomli MCHJ ochdi