
O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari orasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri armiya generali Hulusi Akar ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Hukumatlararo harbiy sohadagi Hadli bitimni imzoladi.
- Mazkur hujjat harbiy sohaning ikki tomonlama hamkorligini mustahkamlashga, jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim, hamda mudofaa sanoatini rivojlantirishga qaratilgan, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Turkiya prezidenti 30 mart kuni Xivaga tashrif buyurdi va shundan so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonTurkiyaHarbiy HamkorlikMudofaa VazirligiBitim ImzolandiRivojlantirish Maqsadi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar