
Nemis aktyori Udo Kir 23-noyabr kuni ertalab, 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
U o‘zining faoliyati davomida 200 dan ortiq filmlarda suratga tushgan bo‘lib, Endi Uorholdan Lars fon Trierga qadar ko‘plab rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan. Kir dahshat janridagi “Frankenstein uchun go‘sht” (1973) va “Drakulaga qon” (1974) filmlarida bosh rollarni ijro etgan.
1990-yillarda u Gas Van Sentning “Mening shaxsiy Aidaho shtatim” dramasida Keanu Rivz bilan birga suratga tushgan. Shuningdek, aktyor Daniyalik rejissyor Lars fon Trier bilan hamkorligi bilan mashhur bo‘lib, uning “Qorong‘ulikda raqs” va “Melanxoliya” kabi filmlarida rol o‘ynagan.
Mualliflik filmlaridan tashqari, Kir Gollivudning yirik hitlarida, jumladan, “Ace Ventura” va “Armageddon” filmlarida ham ishtirok etgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.