
2025-yil 24-noyabr kuni Kaliforniyaning shimolida joylashgan bir uyning tomidan topilgan “Supermen” haqidagi ilk komiks Heritage Auctions auksionida rekord narx — 9,12 million dollarga sotildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ushbu komiks meros qoldirilgan uyni tartibga keltirish vaqtida topilgan bo‘lib, uni marhumning oilasi aniqlagan. Topilma orasida 1939-yilda nashr qilingan “Superman №1” va “Action Comics”ning dastlabki besh soni bor edi.
Komiks dastlab bor-yo‘g‘i 10 sentga sotilgan bo‘lsa-da, uning saqlanish holati shunchalik yaxshi ekanki, Heritage Auctions mutaxassislari uni “eng yuqori sifatdagi namunalar”dan biri deb atashdi. Ushbu nashr Klar Kent va Supermen haqidagi birinchi mustaqil komiks sifatida tarixga kirgan.
U “Action Comics” sahifalarida debyut qilganidan keyin va nashriyot National Allied Publications’ning Detective Comics, Inc. (hozirgi DC) brendiga o‘tganidan so‘ng chop etilgan.
Ushbu savdo kolleksion komikslar bozoridagi barcha avvalgi bitimlardan oshib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.