date

Hindiston aktyori Dharmendra vafot etdi

Hindiston aktyori Dharmendra vafot etdi
Hindistonlik mashhur aktyor Dharmendra (to'liq ismi Dharmendra Keval Krishan Deol) 89 yoshida hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Sobiq ittifoq hududidagi tomoshabinlar uni ayniqsa 'Zita va Gita' filmi orqali yaxshi bilishadi. Dharmendra o'zining aktyorlik faoliyati davomida 250 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.

Ular orasida 'Mening Vatanim', 'Gul va Tosh', 'Ali-Bobo va Qirq Qaroqchi' kabi filmlar bor. Ali-Bobo haqidagi filmning suratga olish ishlari O'zbekiston va Tojikistonda amalga oshirilgan bo'lib, Dharmendra unda bosh rolni ijro etgan edi.

Dharmendra 1935-yil 8-dekabrda Nasralida tug'ilgan. U 20-asrning 60-yillarida 'Dil Bhi Tera Hum Bhi Tere' filmidagi roli orqali kino olamiga qadam qo'ygan.

Shuningdek, u aktyorlik faoliyatidan tashqari Hindiston siyosiy hayotida ham faol ishtirok etgan. 2004-yildan 2009-yilga qadar Hindiston Xalq Partiyasidan parlament deputati bo'lgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi uning vafotini hind kinosida butun bir davrning yakuni sifatida baholab, shunday dedi: 'Dharmendraning vafoti hind kinosi uchun ulkan yo'qotishdir. U kino olamida afsonaviy shaxs bo'lib, o'zining har bir roliga chuqur mazmun va o'ziga xos joziba olib kirgan.'

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Hindiston aktyori Dharmendra vafot etdi