date

Jude Bellingem hozircha dunyodagi eng qimmat yarim himoyachi

Jude Bellingem hozircha dunyodagi eng qimmat yarim himoyachi

Madridning «Real» klubi futbolchisi Jude Bellingem ayni paytda dunyodagi eng qimmat yarim himoyachi sifatida e’tirof etildi. Bu haqdagi ma’lumotni Transfermarkt portali taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

22 yoshli ingliz futbolchisining transfer qiymati 160 mln yevroga baholangan. Bellingem 2023 yil yozida Dortmundning «Borussiya»sidan 127 mln yevro evaziga «Real» safiga kelib qo‘shilgandi.

2025/2026 yilgi mavsumda u klubning barcha musobaqalarida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas muallifiga aylandi.

18 turdan so‘ng «Real» 42 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Bellingem Angliya terma jamoasining ham yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jude Bellingem hozircha dunyodagi eng qimmat yarim himoyachi