
Mashhur va sevimli xonanda Dilnoz Hakimova muxlislarini quvonchli yangilik bilan xursand qildi. San’atkor 2026 yilda ilk bor ona bo‘lishini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e’lon qildi.
Dilnoz Hakimova ushbu xushxabarni samimiy so‘zlar bilan bo‘lishib, postiga:
“Yilimizning go‘zal yakuni… Alhamdulillah” — deya izoh qoldirdi.
E’lon qilingan videoda xonanda va uning turmush o‘rtog‘i hayajonli lahzalarni yashira olmagan. Ularning yuzidagi quvonch, ko‘zlaridagi baxt muxlislarning ham qalbiga iliqlik olib kirdi. Video qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, minglab tabrik va ezgu tilaklarga sabab bo‘ldi.

Muxlislar va hamkasblar Dilnoz Hakimovaga sog‘liq, xotirjamlik va bo‘lajak farzandi uchun eng ezgu tilaklarni izohlar orqali yo‘llamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.