
Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu imtiyozlar elektr transport vositalari, ularning butlovchi qismlari hamda elektromobillarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan zaryadlash stansiyalariga tatbiq etiladi. Bu qaror “yashil” transportni ommalashtirish va zamonaviy infratuzilmani kengaytirishga xizmat qiladi.
Farmon bilan birga ipakchilik sohasi ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ipak ishlab chiqarishda foydalaniladigan yig‘irish va to‘qish uskunalari uchun ehtiyot qismlar, tut urug‘lari va ko‘chatlari, shuningdek, turli toifadagi ipak qurti zotlari ham bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, chiqindilarni boshqarish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun soliq yengilliklari joriy etildi. 2026–2031 yillar davomida chiqindilarni yig‘ish, tashish, saralash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar daromad va ijtimoiy soliqni atigi 1 foiz miqdorida to‘laydi.
Imtiyozlardan foydalanish uchun korxonalar daromadining kamida 90 foizi chiqindilarni boshqarish faoliyati hissasiga to‘g‘ri kelishi va xodimlar oylik maoshi eng kam ish haqining ikki baravaridan kam bo‘lmasligi shart.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.