date

Milan Menyan bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinlashdi

Milan Menyan bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinlashdi

"Milan" fransuz darvozaboni Mayk Menyan bilan shartnomani uzaytirish borasida sezilarli oldinga qadam tashladi. Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub rahbariyati bir necha oydan beri cho'zilib kelayotgan muzokaralarni yakunlash va imzo qo'yishga juda yaqin turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Menyanning yangi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan bo'ladi. Shartnoma doirasida futbolchining maoshi yiliga 6 million yevro va bonuslardan iborat bo'lishi, shuningdek kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirish opsiyasi ham kiritilishi mumkin. Allegri hamda Tare darvozabonni jamoaning asosiy tayanchlaridan biri sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mayk Menyan 2021 yildan beri "Milan" safida to'p surib keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Menyan bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinlashdi