So‘nggi paytlarda bu aktrisa juda faol. Bir qarasa, kino va teatrda, bir qarasa klipda, hatto teleboshlovchilik qilishga ham ulguryapti. Yulduz Rajabova rollarida mahzun, hayotda esa juda xushchaqchaq. Ijodkor bugun “Darakchi” mehmoni bo‘lishga ham vaqt topdi.
— Ishingiz ko‘pligini yaxshi bilamiz. Ammo ayting-chi, ulardan qay birini o‘zingiz uchun muhimroq, deb bilasiz?
— Har qanday katta-kichik loyiha biz ijodkorlar uchun ish, ijod. Ulardan birini afzal ko‘rib, ikkinchisiga bee’tibor bo‘lish noto‘g‘ri. Lekin bir sirni ochishim mumkin, kelajakda “Diydor” teatr studiyasida faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Filmlarda ham rol ijro etaveraman, ammo teatrdan ketgim yo‘q. Haqiqiy ijod qanday bo‘lishini endi his qilayapman, nazarimda.
— “Diydor” teatr studiyasida ishlab, nimalarni o‘rgandingiz?
— Birinchi o‘rinda intizomga o‘rgandim. Har bir ish aytilgandek, kerakli vaqtda bo‘lishi shartligini bildim. Bundan tashqari rol ustida ishlash, berilgan vazifani chuqurroq o‘rganib, obrazda “yashashni” o‘zimga singdirib boryapman. “Diydor” faoliyatimdagi ilk teatr bo‘lgani uchunmi bilmadim, institutdagi o‘qish davrim bilan ishni juda ko‘p taqqosladim. Shuni alohida aytish joizki, ijodiy faoliyat davomida professionallar ishini kuzatib, o‘zimni “sindirib”, qayta tiklanish qanday bo‘lishini bilyapman. To‘g‘ri, bilimlarim, tajribam etarlicha emas, shuning uchun ijodimni aynan shu teatrda davom ettirishim kerak, degan xulosaga kelyapman.
— Teatr studiyasiga kelgan ilk kuningizni qanday eslaysiz?
— Bu kunni unutib bo‘lar ekanmi? Ustozimiz Bahodir Yo‘ldoshev bilan uchrashuv, tanishuv saboqlarning boshlanishidagi ichki hayajon va titroq hozirgacha meni tark etmagan. “Diydor”ga, “O‘zbekkino” milliy agentligi va shaxsan Otabek Musaevning tavsiyasiga ko‘ra kirib kelgandim. O‘shanda, o‘zbek kino ijodkorlari teatr truppasi bo‘lib yig‘ilib, spektakl saxnalashtirilsin degan taklif bo‘lgandi. Biz yoshlar uchun yaxshigina taklif bo‘lgan bu gapga ikkilanmasdan rozi bo‘lgandim. Mendagi holat boshqa kinoaktyorlarda ham ro‘y bergan. Teatrga borganimizda ishni “chitka” ya’ni sahnalashtirilayotgan asar pessasini o‘qishdan boshlaganimizning o‘zida bu dargohga mehrimiz tushgan. Mavridi kelganda yana bir gapni aytishni istardim. Bilasizmi, bir yil avvalgi faoliyatim, hayotim va o‘ylarimni bugungisi bilan taqqoslasam, er bilan osmonchalik farq sezyapman. Ustozimiz, Bahodir aka bilan ishlash davomida, biz, nafaqat kasbiy bilimlarga ega bo‘lyapmiz, balki hayotiy tajribamizni ham oshirishyapmiz. Ustozimizning irodasi va mehnati bilan bugungi kunda ko‘zga ko‘ringan aktyorlar bir erga to‘planishdi, professional ijodkor sifatida tomoshabin va mutaxassislar tiliga ham tusha oldik. Bahodir Yo‘ldoshevga beminnat mehnati, bizga o‘rgatayotgan bilimlari uchun jamoamiz nomidan o‘zimning chuqur minnadorchiligimni bildirmoqchiman. Agar bu loyiha bo‘lmaganda, biz “kinochilar” qaytadan “tug‘ilmasdik”.
— Odatda kinoda ishlaydiganlarda vaqt masalasi muammo. Teatrning esa o‘z qoidalari mavjud. Hammasiga ulguryapsizmi?
*«Ha, to‘liq hammasiga ulgurolmayapman» degan javob kutayotgan bo‘lsangiz, biroz adashasiz. Kunni, ishni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qilyapman. Bir men emas, balki barcha hamkasblarimda ham shunday, teatrdagi ishimiz birinchi o‘rinda. Hafta davomida aniq belgilangan repetisiya kunlari bo‘lib, hech birimiz bu jarayonni o‘tkazib yubormaymiz. Qolaversa, teatr chinakam mahorat maktabi! Agar zarur ishlar yoki gastrol safarlari chiqib qolsa, bu haqida Bahodir akani ogohlantirib, maslahatlashgan holda ish ko‘ramiz. Ustozimiz ham albatta, bizni doim tushunib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyaptilar.
*O‘quvchilik yillarim “Yulduzli tunlar”ni mutolaa qilganman, lekin Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, iztiroblari, qalb kechinmalarini yaqindan bilish, his qila olishni endi tushundim. Spektaklda Bobur Mirzoning opasi Xonzodabegim rolini ijro etdim. Qaµramonim – jasur, matonatli ayol, ukasining kelajagi uchun sevgisidan voz kechib, Shayboniyxonning nikoµiga o‘tishga rozi bo‘ladi. Asarning ana shu qismi ayniєsa ta’sirli. Ochig‘ini aytish kerak bu teatrga kelgunimga qadar Bahodir aka haqida juda ko‘p eshitganim uchun ishga kirishib keta olmadim. O‘zimni erkin tutolmaganman. Lekin ish jarayonida sekin-sekin bir-birimizni o‘rganib, o‘zimdagilarni namoyon etishga harakat qilganman.
— Oldingiga qaraganda ancha dadilsiz, o‘z fikringizni cho‘chimay bayon etolayapsiz...
— Qo‘shilaman (kuladi). Balki uch yildan so‘ng fikrlashim bugungidan ham farq qilsa, ajabmas. Dunyoqarashimning tobora o‘sib borayotganiga o‘qiyotgan kitoblarim, qolaversa, teatrdagi spektakllarning ham ta’siri bor. Izlagan savollarimga asarlardan javob topayapman. Ehtimol, shular sabab ham bugun avvalgi Yulduz emasdirman...
— Bahodir Yo‘ldoshevning qattiqqo‘lligi haqida ko‘p eshitganmiz...
— Har bir insonning o‘z qoidalari va prinsiplari bo‘lishi tabiiy. Ustozimga nisbatan “qattiqqo‘l” deya ta’rif berishingizga qo‘shilmayman. To‘g‘ri, talabchan, bergan vazifasini ko‘ngildagidek bajarish kerak. Lekin Bahodir aka, rejissyor sifatida ham, inson sifatida ham biz aktyorlarni tinglay oladi. Suhbatlasha turib, ichimizdan o‘tayotgan gaplarni ko‘zimizdan o‘qiy olishlariga qoyil qolaman.
— Ko‘proq qanday maslahat, tanqid va tanbehlar eshityapsiz?
— Yuqorida ta’kidlaganimdek, bu inson psixolog singari ichimizdan nima o‘tayotgan bo‘lsa hammasini sezib turadi. Nafaqat ijodda, balki hayotimizdagi muammolarimizga ham yo‘l ko‘rsatib maslahat beradilar. Shaxsan menga hayotdagi ba’zi muammolarni yengilroq qabul qilish kerakligi haqida ko‘p gapiradilar. “Muammo yasab, siqilganingdan asabingni edirilgani qoladi” degan gapni ko‘p eshitganman. To‘sqinlikka duch kelganda chekinmaslikni va tushkunlikka tushib qolmaslikni o‘rganyapman. Tanbehlarga kelsak, biz kino aktyorlari ko‘proq kamera qarshisida ishlashga o‘rganib qolganimiz uchun aynan shu borada ko‘p dakki eshitganmiz. Lekin har bir gap, xuddi maslahatdek gapirilgani uchun tanqidlarni ham to‘g‘ri qabul qila olyapman.
— “Yulduzli tunlar” spektaklida ilk marotaba tarixiy obrazni gavdalantirdingiz. Nimalarda qiyinchilik sezdingiz?
— Yangi spektakl sahnalashtirilayotgani haqida eshitdik. Unda ham ishtirok etyapsizmi?
— To‘g‘ri, bugun ijodiy jamoamiz bilan birgalikda juda ko‘p sahna asarlari ustida ish olib boryapmiz. Ulardan biri “Arshin Molalan” asaridir. Unda ham “Yulduzli tunlar”dagi aktyorlarni ko‘rishingiz mumkin.
— Yaqindan ma’mur bilan ishlashni boshlabsiz. Bu zamon talabimi yoki ishda biroz yengillik istadingizmi?
— Ishlash jarayonida zarur bo‘lgani uchun qabul qilingan qaror bu. Sababi, bugun ish tartibim juda tig‘iz. Teatrdan chiqib tasvirga olish maydonchalarida band bo‘laman. Ana shunday paytlarda men bilan bog‘lana olmaganlar ma’murim bilan bog‘lanib muhim masalalarni hal qilishlari mumkin. Nazarimda bu men uchun ham, boshqalar uchun ham juda qulay.
— Bugun internet tarmoqlarida turli voqealarni o‘qib hayron qoladi kishi. Ayrim yoshlar biroz qo‘pol va aytish joiz bo‘lsa, betgachopar bo‘lib borayotgani aks etgan videolarni ko‘rish achinarli hol. Sizning bu holatga bo‘lgan munosabatingizni bilmoqchi edim...
*Savolni eshitib, o‘zim bilan ro‘y bergan ayrim voqealar xayolimdan o‘tdi. Biz san’atkorlar internet tarmoqlaridan keng foydalanishimizni yaxshi bilasiz. So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarga suratimizni qo‘yar ekanmiz, bir-ikki daqiqaning ichida, profilimiz salbiy fikrlar bilan to‘lib ketadi. Ularni o‘qib, “Nega tengqurlarim, o‘sib kelayotgan yoshlar tanqid qilishga buncha oshiqishar ekan-a?” deb hayron qolaman. Menimcha, buning sababi bugun ayrim yoshlar tezroq tilga tushishga oshiqishadi, ular haqida gapirishlarini istashadi. Buning oqibatida, yo‘q joydan kir qidirib, tanqid qilishni “urf”ga aylantirishgan. Bu tilga tushishning yaxshi usuli emas! Har bir inson avvalambor yaxshi fazilati va kasbi-kori bilan e’tirof etilishi kerak. Yomonlashdan oldin atrofimizdagilarning salbiy odatlarini to‘g‘rilashga, ularni chiroyli fazilatga aylantirishga harakat qilaylik. Ijtimoiy tarmoqdan butun dunyo foydalanadi. O‘zbek yoshlarining gaplarini o‘qigan boshqa yurt vakillari, bizning yoshlarimiz haqida faqat yaxshi xulosada bo‘lishlarini istardim.
*Bugun qiz uzatayotagan oila, katta sarf-xarajatlar qilishi shart, to‘ylarning dabdabasi hayot tarzimizga aylanib qolgandek... Ammo baxt, kelajak bu bilan o‘lchanmaydi, nazarimda... Bu mavzuda sizning fikringiz qanday?
*Xorij kinoyulduzlaridan kim bilan rol ijro etishni orzu qilasiz?
*Burak Ozchivit.
— Bularning barchasi odamlarning orzu-havasi orqali yuzaga kelgan deb bilaman. Lekin “zamon talabi”, deb aybni boshqalarga yuklashni ham qoyillatishadi. Bu kamchilikni yo‘qotish uchun har bir inson ishni o‘zidan boshlashi kerak. Qo‘shnim yoki dugonam qiziga mashhur brendning mebelini olibdi, deb qarzga botish, aqlga sig‘maydigan ish. Yoshlarning baxtini pul bilan o‘lchash, noto‘g‘ri. Buni bejizga gapirmayapman. Chunki yaqinda bir dugonamning to‘yi aynan shu muammolar tufayli buzilib ketdi. Chunki qaynonaga kelinning sarposi yoqmapti! Kechirasizu, kattalar shunday fikrlab turgandan yoshlar nima qilsin? Shuning uchun “zamon talabining” ketidan quvmasdan, orzularni reallashtirishda chegarani unutmaslik lozim deb o‘ylayman.
— “Dadam betob” filmidagi rolingiz haqida gaplashsak. Kartina nimasi bilan etiboringizni tortdi?
— Bu rolga taklif etishganda tezda rozi bo‘lganman. Chunki bu ftlmda jamiyatdagi eng og‘ir illatlardan biri bilan kurashgan qizning rolini gavdalantirdim. Bugungi kunning eng katta muammolaridan biri — poraxo‘rlik qanchadan qancha insonlarning taqdirini hal qilayotgani bor gap. Biz san’atkor sifatida ana shunday ijtimoiy muammolarni rollarimiz bilan biroz bo‘lsa-da kamaytirsak maqsadga muvfiq bo‘ladi, deb o‘ylayman.
BLIS SAVOLLAR
— Uyali telefoningiz deyarli doim o‘chiq...
— Ish bilan band bo‘lganimda boshqa narsalarga chalg‘imayman.
Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi