O‘zbek kino olamida yosh va iqtidorli aktrisa sifatida tanilgan Feruza Yusupova muxlislariga quvonchli xabarni ma’lum qildi. U 21 sentyabr kuni qiz farzandli bo‘lgani haqida o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Aktrisa o‘z sahifasida: “Maashalloh. 21.09.25. Ota-onangiz bag‘riga xush kelibsiz, qizalog‘im...” deya izoh qoldirdi. Shuningdek, u: “Men sovg‘amni topshirdim”, deb yozib, bu quvonchli xabarni yanada samimiylik bilan baham ko‘rdi.
Qizig‘i shundaki, Feruza Yusupova farzandini turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kunida dunyoga keltirgan. Bu esa oila uchun ikki karra bayramga aylandi.Feruza Yusupova ijodiy faoliyatida qator kinolarda namoyon bo‘lib, o‘zining iqtidori va mahoratli aktyorlik mahorati bilan muxlislar mehrini qozongan. Endi esa u ona sifatida yangi baxtli sahifani boshladi.
Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda aktrisani qutlab, oilasiga tinchlik va sog‘liq tilaklarini yo‘llamoqda.
Aktrisa Feruza Yusupova qizini dunyoga keltirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar