1 oktyabrdan hayotimizda amalga oshadigan yangi qoidalar

2 daqiqa o'qish1.9K
1 oktyabrdan hayotimizda amalga oshadigan yangi qoidalar

O‘zbekistonda 2025 yil 1 oktyabrdan qator muhim o‘zgarishlar amalga kiritiladi. Bu o‘zgarishlar qonunchilik, yo‘l harakati xavfsizligi, sport infratuzilmasi, sud tizimi, bojxona hamda ekologik sohalarni qamrab oladi. Ular oddiy fuqarolar hayotiga ham, butun tizim ishlash jarayoniga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Moped va skuter uchun yangi talablar

Endi moped yoki skuter haydash uchun albatta davlat raqami va haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi. Ilgari bu qoida 1 martdan kuchga kirishi belgilangan edi, ammo muddat uzaytirildi. 1 oktyabrdan boshlab har qanday moped yoki skuterni haydash uchun ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, raqam olinishi va “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish shart bo‘ladi.

Chiroyli raqamlarni olish tartibi o‘zgaradi

Shu kundan boshlab “chiroyli raqam”lar uchun auksion savdolari bekor qilinadi. Endi ular yagona to‘lov evaziga beriladi. Bu miqdorni “Uzavtomotobelgi” belgilaydi. 2026 yil 1 yanvardan esa raqam tanlash jarayoni yanada soddalashib, onlayn tartibda ochiq ma’lumotlar bazasi orqali istalgan raqam kombinatsiyasini tanlash mumkin bo‘ladi.

“Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi

Prezident qaroriga ko‘ra, mahallalarda futbol maydonlari qurish dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bo‘sh turgan yer maydonlari elektron auksion orqali taklif qilinadi va ularda stadionlar qurilib, kamida 10 yil davomida boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qadam yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan.

Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

Sudyalar oliy maktabi negizida yangi akademiya tashkil etiladi. U yerda sudyalikka nomzodlar uchun 6 oylik kurslar bo‘ladi. Davlat granti asosida o‘quvchilarga stipendiya to‘lanadi va kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlar sudyalik lavozimlariga tanlovlarda ishtirok etadi.

Tovarlar uchun “Yagona darcha” tizimi

Endilikda barcha import, eksport va tranzit tovarlarni rasmiylashtirish uchun kerakli ruxsat va sertifikat hujjatlari faqat “Yagona darcha” bojxona tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirkorlar uchun ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartiradi.

Subsidiya va grantlar ijtimoiy karta orqali

Fuqarolarga beriladigan subsidiya va grantlar endi bosqichma-bosqich maxsus ijtimoiy kartalar orqali taqdim etiladi. Bu tartib mablag‘larni aniq maqsadga yo‘naltirishga yordam beradi.

“Yashil sertifikat” majburiy bo‘ladi

Ishlab chiqarish jarayonlari atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan I va II toifaga kirsa, korxonalar majburiy ravishda “Yashil sertifikat”ga ega bo‘lishi kerak. Bu sertifikat 2026 yil iyulgacha shartnoma tuzgan korxonalar uchun tekin beriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?