Aktrisa Bahora Arslonova uchinchi bor ona bo‘lgani haqida shaxsiy ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea hayotidagi eng katta mo‘jizalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Aktrisa quyidagicha yozdi:
«Hayot haqiqatdan ham mo‘jizalarga to‘la! Katta qizim 2021 yil 21-yanvar kuni dunyoga kelgan bo‘lsa, kichik qizim — Safiya Xon esa 2025 yil 21-avgust kuni tug‘ildi. Eng hayratlanarlisi, ikkala farzandim ham haftaning bir xil kunida — payshanba va juma oralig‘ida tug‘ilgan. Bu esa haqiqiy oilaviy mo‘jiza!»
Aktrisaning muxlislari unga tabriklar yo‘llab, sog‘lik va baxt tilashmoqda. Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, Bahora Arslonova uchun bu quvonch nafaqat shaxsiy hayotida, balki ijodiy yo‘lida ham yangi ruh va ilhom manbai bo‘lishi kutilmoqda.
Bahora Arslonova uchinchi bor ona bo‘lganini ma’lum qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar