Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda uy-joy yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida ulkan qurilish dasturini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 12 ta yangi shaharcha barpo etilib, ularning har birida 300 mingdan ortiq turar-joy binosi qad rostlashi ko‘zda tutilgan.
Leyboristlar partiyasi yetakchisi va amaldagi Bosh vazir Key Starmer ta’kidlaganidek, mazkur tashabbus aholi, ayniqsa 40 yoshgacha bo‘lgan va hali uy sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yosh britanliklar uchun juda katta ahamiyat kasb etadi.
Daily Mail tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, dastlabki uch shahar Bedfordshir, Lids va Shimoliy London hududlarida qurilishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish ishlari kelgusi saylovlargacha boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatish joiz, Leyboristlar partiyasi o‘z saylovoldi dasturida joriy parlament muddati davomida 1,5 millionta yangi uy qurilishini va’da qilgan edi. Shu ma’noda, yangi shaharlar barpo etilishi mamlakatdagi uy-joy siyosatidagi eng yirik qadamlardan biri bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!