date

1-oktyabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma majburiy bo‘ladi

1-oktyabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma majburiy bo‘ladi

1-oktyabrdan boshlab moped va skuter haydovchilari albatta haydovchilik guvohnamasiga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ushbu transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarda qayd etilgan.

Qarorga ko‘ra, elektromototsikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etiladi. Shuningdek, amalda bo‘lgan moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydigan vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom 2025-yil 30-sentyabrga qadar amal qiladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni YHXX hududiy boshqarmalaridagi maxsus ro‘yxatga olish va imtihon bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, haydovchilik guvohnamasisiz moped yoki skuter boshqargan shaxslar belgilangan qonunchilikka muvofiq ma’muriy jarimaga tortiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 1-oktyabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma majburiy bo‘ladi