date

Superliga. «Dinamo» «Sho‘rtan»ni, «Paxtakor» esa «Surxon»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Dinamo» «Sho‘rtan»ni, «Paxtakor» esa «Surxon»ni mag‘lub etdi

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi. "Sherlar" o‘z uyida "Surxon"ni qabul qilgan holda, 1:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvdagi yagona gol o‘yinning so‘nggi daqiqalarida kiritildi. Igor Sergeevning 90+1-daqiqada urgan goli jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Shuningdek, 90+2-daqiqadagi gol ofsayd sabab bekor qilindi.
Superliga. 23-tur. 28 sentyabr
Paxtakor — Surxon 1:0
Gol: Igor Sergeev (90+1).
Paxtakor — Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin (Muhammadrasul Abdumajidov,46) Muhammadqodir Hamraliyev, Ibrohim Ibragimov (Aziz Turg‘unboyev, 84), Doston Hamdamov, Bobur Abduxoliqov (Igor Sergeev,69), Bashar Resan (Hojimat Erkinov, 72), Umar Adhamzoda, Abdurauf Bo‘riyev, Flamarion (Sardor Sobirxo‘jayev, 46), Dilshod Saitov.
Surxon — Dilshod Yo‘ldoshev, Behruz Karimov (Javohir Jo‘rayev, 86), Nodir Ne’matxonov, Jamoldin Xojaniyazov, Behzod Shamsiyev, Doston Tursunov (Muhammadali Abdurahmonov, 86), Rustam Turdimurodov, Nodir Abduxoliqov (Diyor Ramazonov,70), Asilbek Jumayev, Behruz Shaydulov, Sunnatilla Poyonov (Sardor Mahmudov, 70).
Ogohlantirishlar: Abdurauf Bo‘riyev (59), Nodir Ne’matxonov (59), Rustam Turdimurodov (64).
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Sho‘rtan" klublari o‘rtasidagi bellashuvda samarqandliklar g‘uzorliklarni 2:0 hisobida taslim etdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasidayoq Anvarjon Hojimirzayev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisi o‘tib borayotganda esa Behruzbek Oblaqulov jamoasining ikkinchi golini kiritgan holda, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
Dinamo — Sho‘rtan 2:0
Gollar: Anvar Hojimirzayev (14), Behruz Oblaqulov (90+3).
Dinamo — Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Ratinio, Sanjar Qodirqulov (Oybek O‘rmonjonov, 46), Anvar Hojimirzayev (Bahodir Nasimov, 85), Richard Fraydey (Behruz Oblaqulov, 46), Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboyev, Jahongir Abdusalomov (Xislat Xalilov, 73), Dmitriy Pletnyov (Marko Stanoyevich, 73), Mahmud Mahamadjonov.
Sho‘rtan — Shohrux Eshbo‘tayev, Odil Abdumajidov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Temur Mamasiddiqov, Abror Toshqo‘ziyev, Sardor Sa’dullayev, Doniyor Narzullayev (Abubakr Rizo Turdialiyev, 67), Bekjon Rahmatov (Choriyor Tursunqulov, 67), Aziz Pirmuhammadov, Mirjalol Jumayev, Islom Kenjaboyev.
Ogohlantirish: Choriyor Tursunqulov (76).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Dinamo» «Sho‘rtan»ni, «Paxtakor» esa «Surxon»ni mag‘lub etdi