Turkiya san’at olami qayg‘uga cho‘mdi. Mashhur qo‘shiqchi va sahna yulduzi Gullu (asli ismi Gul Tut) fojiali tarzda hayotdan ko‘z yumdi. NTVning yozishicha, voqea 26-sentyabrga o‘tar kechasi Yalova viloyati, Chinarjik tumani, Harmanlar mahallasida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda qizi va uning dugonasi bilan uyining 5-qavatidagi balkonda musiqa chalayotgan paytda muvozanatini yo‘qotib, pastga yiqilgan. Afsuski, vrachlar uning hayotini saqlab qololmadi.
Hodisadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Gulluning o‘z joniga qasd qilgani haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Biroq qo‘shiqchining o‘g‘li Tug‘berk Gulter bu xabarlarni rad etib, onasi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganini bildirdi:
Chinarjik tumani politsiya bo‘limi tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.
Gul Tut 1973-yil 15-oktyabrda Turkiyaning Beyog‘lu shahrida tug‘ilgan. U “Everything I Have Been”, “Sun Before Morning”, “Bendeki Sen”, “Unutamazın Beni” kabi mashhur taronalar muallifi va ijrochisi sifatida ommaga yaxshi tanish edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!