date

Deputat bolalar uchun ijtimoiy tarmoqqa cheklov qo‘yishni taklif etdi

Deputat bolalar uchun ijtimoiy tarmoqqa cheklov qo‘yishni taklif etdi

Tojikiston parlamenti quyi palatasi vakili Dilnoza Ahmadzoda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi masalasiga alohida e’tibor qaratdi va ularga cheklov o‘rnatish taklifini ilgari surdi.

Deputatning tashabbusiga ko‘ra:

— 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish to‘liq man etiladi;

— 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar esa faqat ota-onasining yozma roziligi orqali kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ahmadzoda o‘z taklifini “Xalq gazetasi”da chop etilgan maqolasida bayon qildi. Uning fikricha, internet va ijtimoiy tarmoqlardan cheklanmagan holda foydalanish bolalarning ruhiy va ma’naviy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Biroq mutaxassislar bu masalada ehtiyotkorlik zarurligini ta’kidlashmoqda. Ularga ko‘ra, to‘liq taqiq amalda samara bermaydi va mavjud muammolarni to‘liq hal qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun yoshlarni raqamli gigiyena qoidalariga o‘rgatish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va ma’rifiy ishlarni kuchaytirish muhim hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Deputat bolalar uchun ijtimoiy tarmoqqa cheklov qo‘yishni taklif etdi