O‘zbek san’atining aktyori, rejissyor, hajviy qo‘shiqlar va so‘z ustasi Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi.
Sherqo‘zi G‘oziyev 1950-yilda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Chirkay qishlog‘ida tavallud topgan. Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan. So‘ngra Toshkent madaniy oqartuv texnikumining rejissyorlik bo‘limida 3-yil o‘qigan.
1971-yilda Ostrovskiy nomli institutning aktyorlik bo‘limiga sirtdan o‘qishga kirib, 1976-yili muvaffaqiyatli tugatdi. 1970-yildan «Teleminiatyuralar teatri»da rollar ijro etishni boshladi. 1978-yildan O‘zbek davlat filarmoniyasida ishlay boshladi.
1990-yilda O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida suratga olingan «Changalzor qiroli» filmida zootexnik rolini ijro etdi. Shuningdek, «Sherxon» studiyasini ochib, hindlar bilan hamkorlikda 2006-yilda «Sherxon traktorchi» kinokomediyasini, 2008-yilda «Yolg‘iz emassan» melodrama filmlarini tasvirga oldi.
Shuningdek, aktyor «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Tangalik bolalar», «Temir xotin», «Temir erkak», «Oltin devor», «Sarvinoz 2», «Jiblajibon» kabi filmlarda ham suratga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!