Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes hamda kompozitor va saundprodyuser Benni Blanko Kaliforniyada to‘y marosimini o‘tkazishdi. Yig‘indan lavhalarni xonanda taqiqlangan ijtimoiy tarmoq orqali jamoat bilan bo‘lishdi, deb yozmoqda Peopletalk.
33 yoshli Selena va 37 yoshli Blanko ikki yillik munosabatdan so‘ng hayotlarini rasman birlashtirishga qaror qilishdi. Kelin va kuyovga Ralph Lauren ijodidagi to‘y kiyimlari tanlandi. Selenaning libosi gullar bilan bezatilgan, tasmali va orqa qismi ochiq dizaynga ega bo‘lsa, Blanko qora smoking hamda kapalaknusxa galstukda sahnaga chiqdi.
Tarqalgan suratlarda juftlik quchoqlashib, qo‘l ushlashgan holda kulgusi bilan aks etgan. Bir kadrda Selenaning oq guldastasi ko‘zga tashlansa, boshqasida esa nikoh uzuklari yaqin planda namoyon bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, ularning ishqiy munosabati 2023 yil oxirida ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik ayon bo‘lishicha, birinchi bo‘lib sevgi izhorini ham Selenaning o‘zi qilgan. 2024 yil yanvaridan esa juftlik ommaviy tadbirlarda qo‘lga-qo‘l tutishgan holda birga ko‘rina boshlashgan.