20:50 / 13.05.2022
1 426

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?
Shanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi, yakshanba kuni havo quruq va kam bulutli bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, 13 may, juma kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Atmosfera fronti kirib kelishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

14 may kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va shiddatli shamollar bilan ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi. Yomg‘ir payti kunduzi havo harorati 20-23 darajagacha pasayadi, bu may oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 3-4 daraja pastdir.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 13—14 may kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

15 may, yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 25-28 darajagacha ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?