Prezidentning «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan, vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.
Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovga ko‘ra, prezident Sh.Mirziyoyev joriy yil 20 dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko‘pligi, keraksiz shtatlar borligi, markazlashuv yuqoriligini qayd etgan.
Shu munosabat Davlatimiz rahbari ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish maqsadida keng ko‘lamli ma’muriy islohotlarni ilgari surgan edi.
Uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan va chuqur tahlil qilingan ushbu islohotlarni hayotga joriy etish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz hayotida tarixiy ahamiyatga ega hujjat – «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qaror imzolandi», deb yozdi Sherzod Asadov telegram-kanalida.
Yangi farmon va qaror bilan nimalar o‘zgaradi:
1. Eng avvalo, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- Hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda;
- barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi;
- ilg‘or xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyadan iborat bo‘ladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoqqa kiruvchi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.
2. Hukumatda amaldagi 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosari va 3 nafar Bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Bosh vazir o‘rinbosari qoldirilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida vazir yoki boshqa rahbarlik lavozimini egallamaydi hamda vazirliklar va boshqa davlat idoralari faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarmaydi.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida amaldagi 269 ta shtatdan 120 tasi qoladi. Bunda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limidan iborat Vazirlar Mahkamasi apparati tugatilmoqda.
Uning o‘rniga Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinmoqda.
3. Vazirlarning siyosiy maqomi, vakolatlari, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi siyosiy mas’uliyati hamda javobgarligi keskin oshirilmoqda. Ularning sohaga ajratiladigan mablag‘larni ishlatishdagi mustaqilligi belgilanmoqda.
Shuningdek, ajratilgan mablag‘lar va umumiy shtat birligi doirasida vazirlarga o‘z tuzilmasini mustaqil belgilash vakolati berilmoqda.
Vazirlar konstitutsiyaviy maqomidan foydalangan holda, Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan tizim joriy etilmoqda. Ya’ni, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar vazirlar ishtirokida muhokama qilinib, kollegial hal etiladi.
Sodda qilib aytganda, vazirlar:
– yangi qaror loyihalarini o‘zlari ishlab chiqadi;
– qaror loyihasining dolzarbligi, tashkiliy-moliyaviy mexanizmlari va kutilayotgan natijalarini Hukumat a’zolari oldida o‘zlari himoya qiladi.
4. Vazirlik va idoralarning funksiyalari qayta ko‘rib chiqilib, bir-birini takrorlaydiganlari qisqartiriladi. Bunda, xususiy sektorga o‘tkazilayotgan davlat funksiyalari kamida 3 barobarga ko‘paytiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har bir vazirlikning yil davomida erishishi zarur bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) belgilanadi.
Vazirlar har yil boshida o‘zining o‘rinbosarlari kesimida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi.
Xuddi shu kabi, vazirliklarning joylardagi bo‘linmalari rahbarlari ham maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha hududiy rivojlanish dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi.
Vazirlar va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining yil yakuniga qadar ushbu dasturlar ijrosi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganligi yuzasidan ochiq hisobot berishi belgilanmoqda.
6. Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash, raqamli boshqaruv modeliga o‘tish maqsadida vazirliklarning buyruq va qarorlarini «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.
7. Davlat boshqaruvi apparatini saqlash xarajatlarini qisqartirish maqsadida vazirliklarda:
– masofaviy «onlayn qabul», «virtual tashrif» kabi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ish uslublari kengaytiriladi;
– energiya sarfi bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalar joriy etish hisobiga kamaytiriladi.
Umuman, farmon va qaror bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va ish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yana bir qator yangiliklar joriy etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi