Samarqand madrasalarining ulamolari ilm va ixtirolari bilan mashhur bo‘lgan – Aziz Abduhakimov

1 daqiqa o'qish155
Samarqand madrasalarining ulamolari ilm va ixtirolari bilan mashhur bo‘lgan – Aziz Abduhakimov

Samarqandda Global Ta’lim forumi ish boshladi. Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi 25-sessiyasi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda ko‘plab xorijiy va mahalliy oliy o‘quv dargohlarining rektorlari ishtirok etmoqda.

Forumda turizmni barqaror rivojlantirish masalalari, "yashil" va xavfsiz sayohatlarni ta’minlash, turizm bo‘yicha savodxonlikni oshirish, ayniqsa o‘quv muassasalarida turizm bo‘yicha bilim berish muammolari muhokama qilinyapti.

Jumladan, UNWTO tashabbusi bilan tayyorlangan maxsus darslik taqdimoti o‘tkazilib, bu darslik asosida AQSH va Buyuk Britaniya o‘quv muassasalarida turizm fani bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlanishi ma’lum qilindi.

Forumni  O‘zbekiston ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi. Vazir o‘z so‘zida Samarqand shahrining qadimdan Buyuk ipak yo‘lidagi eng yirik ta’lim markazi bo‘lganini ta’kidladi. Jumladan, Samarqand timsoli bo‘lmish Registondagi har uchala bino ham madrasa bo‘lganini, bu yerda o‘z zamonasi uchun muhim va ilg‘or bilimlar berilganini eslatib o‘tdi.

Vazir oxirgi yillarda O‘zbekistonda ta’lim va turizm rivojiga katta e’tibor qaratilayotganini, natijada peshqadam o‘quv yurtlarining soni 16 tadan 30 taga, talabalar soni esa 4000 dan 12000 ga oshganini qayd etdi. Ayniqsa turizm sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash ham yangi bosqichga chiqqani qayd etdi.

Forumda so‘zga chiqqanlar sayyohlarga e’tibor va mehmondo‘stlik O‘zbekiston xalqi mentalitetiga xos qadimiy xislat ekanini alohida e’tirof etishdi. Mamlakatda turizmni rivojlantirish uchun yetarli sharoit va salohiyat mavjudligini ta’kidlab o‘tishdi.

Forumda Maktab va maktabgacha ta’lim vaziri Hilola Umarova ham so‘zga chiqib, UNWTO tashabbusi bilan ishlab chiqilgan dastur asosida bu yil tajriba tariqasida Samarqand viloyatida 20 ta pilot maktab tanlab olinib, turizm fani o‘qitilishini e’lon qildi.

Vazirning aytishicha, keyinchalik respublikaning boshka maktablarida ham bu innovatsion g‘oya amalga tatbiq etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?