11:36 / 14.12.2024
9

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zgidromet 16-18 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat:
- 16 dekabrda kechasi -8...-13, ba’zi joylarda -15; kunduzi 0...-5;
- 17 dekabrda kechasi -8...-13, kunduzi -3...+2;
- 18 dekabrda kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat:
- 16 dekabrda kechasi -8...-13, kunduzi 0...-5;
- 17 dekabrda kechasi -5...-10, kunduzi 0...-5;
- 18 dekabrda kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat:
- 16 dekabrda kechasi -8...-13, ba’zi joylarda -15, kunduzi 0...-5;
- 17 dekabrda kechasi -8...-13, ba’zi joylarda -15, kunduzi -3...+2;
- 18 dekabrda kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat:
- 16 dekabrda kechasi -8...-13, ba’zi joylarda -15, kunduzi 0...-5;
- 17 dekabrda kechasi -8...-13, ba’zi joylarda -15, kunduzi -3...+2;
- 18 dekabrda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat:
- 16 dekabrda kechasi -3...-8, ba’zi joylarda -10, kunduzi -3...+2;
- 17 dekabrda kechasi -3...-8, ba’zi joylarda -10, kunduzi +2...+7;
- 18 dekabrda kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat:
- 16-17 dekabrda kechasi -5...-10, kunduzi 0...-5;
- 18 dekabrda kechasi +5...+10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 dekabrda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat:
- 16 dekabrda kechasi -15...-20, kunduzi -8...-13;
- 17 dekabrda kechasi -12...-17, kunduzi -5...-10;
- 18 dekabrda kechasi -2...-7, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi