00:34 / 06.03.2025
147

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
O‘zbekistonda haftasiga 5 kun ishlovchilar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 21, 22 va 23-mart kunlari dam oladi. 6 kun ishlovchilar esa 22-mart, shanba kuni odatdagidek ishga chiqadi.

Bu holat Kambag‘allik va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yilgi ish vaqti taqvimiga asosan belgilangan. Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, u bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Dam olish kunlari:
21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
22-mart (shanba) — faqat 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni;
23-mart (yakshanba) — umumiy dam olish kuni.
6 kun ishlaydiganlar esa faqat 21 va 23-mart kunlari dam oladi, 22-mart, shanba kuni ular ish faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, 8-mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ham 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 3 kun — 8, 9 va 10-martda dam oladi, 6 kun ishlaydiganlar esa 10-martdan ishga qaytadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston