Andijonda 19 yoshli yigit ko'prikdan o'zini tashlamoqchi bo'ldi

Ma’lum qilinishicha, holat 2 iyun kuni tungi vaqtda shaharning Ishchilar mahallasi hududida, Navoiy shoh ko‘chasi ustida joylashgan ko‘prikda sodir bo‘lgan.
2007 yilda tug‘ilgan M.M. oilaviy kelishmovchiliklar sababli ruhiy holati o‘zgarib, o‘zini ko‘prikdan tashlash bilan tahdid qilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi va hamkor tashkilotlar yetib borib, yigitni xavfsiz holatga keltirishgan va ko‘ngilsiz holatning oldi olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing