Samarqandda elektromopedda bo‘lgan 8 nafar fuqaro kanalga tushib ketdi

Samarqandda elektromopedda bo‘lgan 8 nafar fuqaro kanalga tushib ketdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida elektromoped kanalga tushib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Hodisa 31-may kuni soat 20:25 larda "Ukrach" MFY hududidan oqib o‘tuvchi "Narpay" kanalida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, yuk tashishga mo‘ljallangan elektromoped haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada transport vositasida bo‘lgan 8 nafar fuqaro kanalga tushib ketgan.

FVV qutqaruvchilari yetib borguniga qadar 4 nafar fuqaro aholi tomonidan qutqarib qolingan. Qolgan 4 nafar shaxs esa qidiruv ishlari davomida halok bo‘lgan holda kanaldan olib chiqilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro elektromopedga turmush o‘rtog‘i hamda 6 nafar voyaga yetmagan bolani mindirib, sayr qilayotgan bo‘lgan.

Hozirda Paxtachi tumani prokuraturasi, IIB va FVB xodimlari hodisaning sabablarini o‘rganmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar