Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga mamlakat bo‘ylab 4 million 241,8 ming nafar fuqaro pensiya oluvchi sifatida ro‘yxatga olingan.
Ulardan:
— 3,5 million nafardan ortiq kishi yoshga doir pensiya,
— 482,1 ming kishi nogironlik pensiya,
— 245,6 ming oila esa boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya oladi.
Hududlar bo‘yicha pensiya oluvchilar:
- Farg‘ona viloyati — 500,8 ming nafar (eng ko‘p pensiya oluvchilar),
- Samarqand viloyati — 451,6 ming nafar,
- Toshkent shahri — 380,4 ming nafar,
- Toshkent viloyati — 383,1 ming nafar,
- Sirdaryo viloyati — 108,9 ming nafar (eng kam pensiya oluvchilar).
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, hududlar bo‘yicha demografik holat va mehnat bozoridagi tafovutlar bu ko‘rsatkichlarga ta’sir etmoqda.
Hozirda pensiya to‘lovlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish ishlari davom etmoqda. Bu jarayon nafaqa oluvchilarga qulaylik yaratish hamda to‘lov tizimining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, oktyabr oyidan boshlab pensiyalarni naqd shaklda olish jarayoni Face-ID orqali biometrik tasdiq bilan amalga oshirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!