O‘zbekistondagi fuqarolarni qiziqtirgan savol — dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “O‘zgidromet” markazi 18–21-oktyabr kunlariga mo‘ljallangan ob-havo prognozini taqdim etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, butun respublika bo‘ylab havo barqaror, biroz bulutli va asosan quruq bo‘ladi, deb xabar berdi uzgidromet.uz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida osmonning ayrim qismida bulutlar ko‘rinishi mumkin, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharq tomondan soatiga 7–12 metr tezlikda esishi kutilayapti. Harorat kechasi 18-oktyabrda 5–10 daraja, 19–21-oktyabr kunlari 3–8 daraja bo‘ladi. Kunduzi esa 18-oktyabrda 15–20 daraja, 19–20-oktyabrda 13–18 daraja, 21-oktyabrda 17–22 daraja iliqlik kuzatiladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida ham havo barqaror bo‘lib, yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat kechasi 8–13 darajadan 6–11 darajagacha pasayadi. Kunduzi esa 18 va 20–21-oktyabr kunlari 21–26 daraja, 19-oktyabrda esa 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida osmon biroz bulutli bo‘ladi. Ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja atrofida bo‘lib, 19–21-oktyabrda 6–11 darajagacha pasayadi. Kunduzi esa 21–26 darajadan 18–23 darajagacha o‘zgarib turadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida ob-havo biroz bulutli, lekin asosan quruq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, 19–21-oktyabrda 6–11 daraja bo‘ladi. Kunduzi 18-oktyabrda 23–28 daraja, 19–20-oktyabrda 21–26 daraja, 21-oktyabrda esa 25–30 daraja iliqlik saqlanishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida osmon biroz bulutli bo‘ladi, shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, keyinchalik 6–11 darajagacha pasayadi. Kunduzi esa 21–26 darajadan 18–23 darajagacha o‘zgarishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda ham ob-havo nisbatan barqaror bo‘ladi. Ko‘pchilik joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo 19-oktyabr kuni Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat kechasi 7–12 darajadan 3–8 daraja iliqqa tushishi mumkin, kunduzi esa 15–20 darajadan 12–17 darajagacha o‘zgarib turadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!