
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Doha shahrida o‘tkazilgan Jahon sammitida ishtirok etib, qashshoqlikka qarshi kurashish va tengsizlikni kamaytirish maqsadida Global Adolat Fondini tashkil etishni taklif qildi. Prezident o‘z nutqida O‘zbekiston barqaror rivojlanishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi va mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohadagi islohotlar haqida ma’lumot berdi. 
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, keyingi yillarda mamlakatda qashshoqlik darajasi 35 foizdan 6,6 foizga tushirilgan. Bundan tashqari, Prezident Mirziyoyev sammit davomida yana bir qator muhim takliflarni ilgari surdi. 
U sammitda qabul qilingan qarorlar butun dunyodagi millionlab insonlarga ishonch va umid baxsh etishini, shuningdek, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shishini qayd etdi. "Shu ma’noda bugun qabul qilinayotgan Doha siyosiy deklaratsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. 
Unda belgilangan tamoyillarni to‘liq hayotga tatbiq etishga tayyormiz. Ushbu tarixiy deklaratsiya barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda bizning mushtarak sa’y-harakatlarimizni albatta mustahkamlaydi", — dedi O‘zbekiston rahbari. 
Mirziyoyev Global Adolat Fondi taklif qildi
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing