date

Global Insurance litsenziyasi 6 oyga to'xtatildi

Global Insurance litsenziyasi 6 oyga to'xtatildi
Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (MILA) Global Insurance sug'urta kompaniyasining litsenziyasini 6 oy muddatga to'xtatdi. Bu haqda agentlik rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.

Agentlik qarori 8-noyabrdan boshlab kuchga kirdi. Kompaniya amaldagi shartnomalarni bajarishda davom etadi, biroq yangi shartnomalar tuzish yoki eski shartnomalarni uzaytirish imkoniyatiga ega bo'lmaydi.

Oktabr oyida MILA Global Insurance litsenziyasini 10 kunga to'xtatgan edi. Shuningdek, kompaniyaga 35 million so'm miqdorida jarima solingan.

O'tgan yili esa ushbu sug'urta kompaniyasi avgust va aprel oylarida jami 72 million so'm jarimaga tortilgan. Kursiv Uzbekistan tomonidan 2023-yilda e'lon qilingan sug'urtachilar reytingida Global Insurance «Umumiy sug'urta» toifasida 27-o'rinni egallagan.

O'sha paytda kompaniya aktivlari 57 milliard so'mni tashkil etgan. Global Insurance 2008-yilning aprel oyida tashkil etilgan.

Joriy yilning 10-noyabr holatiga ko'ra, kompaniyaning ustav kapitali 35 milliard so'mni tashkil qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Global Insurance litsenziyasi 6 oyga to'xtatildi