
Fransiyada yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchilar uchun keskin jazo choralari joriy etildi. Yangi tartibga ko‘ra, belgilangan me’yordan ancha yuqori tezlikda harakatlanish endi nafaqat jarima, balki qamoq bilan ham tugashi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 29 dekabrdan boshlab 50 km/soatdan ortiq tezlikni oshirgan haydovchilar 3 oygacha ozodlikdan mahrum etilishi va 3 750 yevro miqdorida jarima to‘lashi mumkin.
Bundan tashqari, qoidabuzarlarning avtomobillari musodara qilinib, haydovchilik guvohnomasi 3 yilgacha bekor qilinadi. Fransiya hukumati ushbu choralar yo‘llarda xavfsizlikni oshirish va halokatlar sonini keskin kamaytirishga qaratilganini ta’kidlamoqda.
Qisqasi, Fransiyada tez yurish endi qimmatga tushadi — ham erkinlik, ham mashinadan ayrilish xavfi bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.