
Oʻzbekistonda davlat bayramlarini nishonlash bo‘yicha yagona yangi yondashuv joriy etiladi: har bir muhim sanaga alohida musiqiy atributlar, bezaklar uslubi va tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Hukumat muhim sanalarni ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqladi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Islohot 50 dan ortiq umumxalq bayramini qamrab oladi. Bayramlarni yanada ta’sirchan qilish maqsadida har bir tadbir uchun o‘ziga xos obraz shakllantiriladi — maxsus kuy-qo‘shiqlar, sahna bezaklari va dekorativ elementlar paydo bo‘ladi.
Tadbirlar dasturi ham yangilanadi. Bayram ssenariylariga interaktiv shoular kiritilib, jumladan “Eng iqtidorli yosh” aksiyasi kabi tashabbuslar orqali yoshlar tengdoshlarining muvaffaqiyatli namunalari bilan ruhlantiriladi.
Har bir sananing mazmunini chuqurroq anglash uchun maxsus qo‘llanmalar hamda “Oʻzbekiston bayramlari” nomli illyustratsiyali kitob nashr etiladi. Unda bayramlarning tarixi va jamiyat hayotidagi ahamiyati batafsil yoritiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.