
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbek-Amerika biznes va investitsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat davlat rahbari rasmiy saytida e’lon qilindi.
Kengash ishtirokchilarini tasdiqlash va uning faoliyatini tartibga solish masalalari Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatiladi. Kengashning ustuvor yo‘nalishlari yirik savdo va investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish uchun investitsiya jamg‘armasi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu borada Xalqaro moliyaviy rivojlanish korporatsiyasi (DFC) hamda global moliyaviy institutlar asosiy investor sifatida ishtirok etishi mumkin.
Tashkilot strategik va infratuzilma loyihalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘ladi. Bundan tashqari, kengash o‘zaro tariflarni kamaytirish, IT Park rezidentlari kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan IT mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish hamda mamlakat investitsiya portfelini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Jumladan, O‘zbekiston Markaziy bankining valyuta zaxiralarining bir qismini samarali ishlatish masalalari ham muhokama qilinadi. Kelasi yildan boshlab O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida yangi lavozim — maslahatchi-elchi joriy etiladi.
U ikki davlat hududida savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.