date

O'zbekistonda ortiqcha ishlash haqini tartibga solish o'zgardi


O'zbekistonda ortiqcha ishlash uchun ish haqi tizimi qayta ko'rib chiqildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi. Endilikda kunlik ish vaqtidan ortiqcha dastlabki ikki soat uchun to'lov 1,5 baravar miqdorda, undan keyingi soatlar uchun esa 2 baravar miqdorda amalga oshiriladi.

Ilgari amalda bo'lgan qonunga ko'ra, ortiqcha ishlash kamida ikki baravar to'lanishi lozim edi. Shuningdek, Mehnat kodeksidan yiliga 120 soatlik ortiqcha ish bilan cheklash talabi ham olib tashlandi.

Xususiy bandlik agentliklariga esa kasblar va chet tillarini o'rgatish bo'yicha kurslarni mustaqil tashkil etish huquqi berildi. Ular, shuningdek, zaxira mablag'larini bank depozitlariga joylashtirish orqali kelib tushadigan daromadlarni erkin boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonda ortiqcha ishlash haqini tartibga solish o'zgardi