
O‘zbekiston va Tojikistonning tashkiliy mehnat migratsiyasi bo‘yicha tajribasini MDH mamlakatlariga keng yoyish taklif qilindi. Bu tashabbus Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova tomonidan ilgari surildi.
Uning fikricha, tashabbusni amalga oshirish uchun MDH davlatlari o‘zaro tegishli kelishuvlar imzolashlari mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil boshidan boshlab tashkiliy yollash orqali Rossiyaga 106 ming nafar o‘zbekistonlik ishchi jo‘natilgan.
Ulardan 50 ming nafari yirik rossiyalik korxonalarda mehnat qilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondan tashkiliy yollash orqali Rossiyaga ishchilarni yuborish ko‘rsatkichi 2023 yilga nisbatan 4,2 barobar oshgan.
Shu bilan birga, Rossiyada mustaqil ish topgan o‘zbekistonliklar soni bir yil ichida deyarli ikki barobarga kamayib, 700 mingni tashkil etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.