date

O‘zbekistonda Enterprise Uzbekistan markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Enterprise Uzbekistan markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar markazini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Markaz alohida hudud sifatida ingliz huquqiy rejimi asosida faoliyat yuritadi. Markazning asosiy yo‘nalishlari sun’iy intellektni rivojlantirish, video o‘yinlar (GameDev) yaratish, biznes jarayonlarni autsorsing qilish (BPO) va IT-konsalting xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu tashkilot respublikada raqamli yechimlar va innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, markaz O‘zbekistondagi IT sohasiga malakali kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Enterprise Uzbekistan markazi tashkil etiladi