date

Sirdaryoda yangi suv ombori quriladi

Sirdaryoda yangi suv ombori quriladi
Sirdaryo viloyati hududida sig‘imi 100 million kub metr bo‘lgan “Sultonxovuz” suv ombori qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev viloyat Kengashi sessiyasida ma’lum qildi.

Mazkur inshoot Sirdaryoning beshta tumanidagi qishloq xo‘jaligi sohasini suv bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu esa hosilni yiliga ikki marta yig‘ib olish imkoniyatini yaratadi.

Prezident, shuningdek, 16 ming kilometr drenaj ariqlarini bosqichma-bosqich tozalashni boshlashni topshirdi. Bundan tashqari, viloyatda tuproq sho‘rlanishini kamaytirish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi suv omborlariga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Mamlakatda suvdan foydalanish tizimini raqamlashtirish va sun’iy suv omborlaridagi suv hajmini onlayn kuzatish joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirdaryoda yangi suv ombori quriladi