O‘zbekistonda bolalar nafaqasi miqdori muntazam oshiriladi

2026 yildan boshlab O‘zbekistonda bolalar nafaqasi miqdori inflyatsiya darajasida muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi va oshiriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bolalar nafaqasi so‘nggi 3,5 yil davomida o‘zgarmagan, faqat 2025 yil iyul oyida 10 foizga ko‘tarilgan edi. Endi nafaqa summasi inflyatsiyadan kam bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilinadi.
Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, ijtimoiy yordam tizimi raqamlashtirilgani tufayli mablag‘lar haqiqatan ham ehtiyojmand oilalarga aniq va manzilli tarzda to‘lanmoqda. Shu tarzda nafaqalarni oshirish imkoniyati ham yaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing