date

O‘zbekistonda benzin va metan uchun naqd pul to‘liq taqiqlanadi

O‘zbekistonda benzin va metan uchun naqd pul to‘liq taqiqlanadi

2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonda benzin va metan uchun naqd pulda to‘lash to‘liq bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Endilikda AYOQSHlarda yoqilg‘i quyish, elektromobillarni quvvatlash, shuningdek, elektr, gaz va suv xizmatlari uchun hisob-kitob faqat bank kartalari va elektron to‘lovlar orqali amalga oshiriladi. Naqd pul vositalari orqali to‘lov qilish to‘liq taqiqlanadi.

Bu o‘zgarish aholi va yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay to‘lov tizimini rivojlantirish, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarni yanada shaffof va xavfsiz qilish maqsadida kiritilmoqda.

Hozirda tegishli xizmatlar va AYOQSHlar mazkur tizimga o‘tish uchun zaruriy tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda benzin va metan uchun naqd pul to‘liq taqiqlanadi