
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun xavf tahlili markazi tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga korrupsiyaga qarshi kurash, raqamlashtirish va komplaens-nazoratni takomillashtirish bo‘yicha taqdimot chog‘ida ma’lum qilindi.
Shuningdek, davlat va jamoat tuzilmalarini birlashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurash klasterini tashkil etish taklif qilindi. Mazkur loyihada komplaens bo‘limlarini to‘liq raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanib korrupsiya xavfini avtomatik aniqlash rejalashtirilgan.
Taqdimotda korrupsiyaning oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi aytildi: huquqbuzarliklar sabablarini bartaraf etish uchun loyihaviy ofislar tashkil etiladi, fuqarolarni investitsiyalar va qurilish ustidan nazoratga jalb etish rejalashtirilgan. Shuningdek, xabar bergan shaxslar ko‘krak nishoni va himoya orderi bilan rag‘batlantiriladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.