date

O‘zbekiston biznesi shakar va meva konsentratlari importi boji bekor qilinishini so‘radi

O‘zbekiston biznesi shakar va meva konsentratlari importi boji bekor qilinishini so‘radi

O‘zbekistondagi biznes hamjamiyati 21-yanvar kuni tadbirkorlar va elchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotda shakar importiga qo‘yilgan bojni bekor qilish masalasini ko‘tardi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

UzBev — alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilari uyushmasi ijrochi direktori Alfiya Musina respublikada ishlab chiqarilmaydigan konsentratlar importiga qo‘llanayotgan 10 foizlik bojni olib tashlashni taklif etdi. Gap, xususan, apelsin va mango kabi meva konsentratlari (TIF TN 2009) haqida ketmoqda.

Musinaning aytishicha, shakar narxining yuqoriligi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun hanuz eng og‘riqli muammolardan biri. Hozirda oq shakar importi 20 foiz boj bilan rasmiylashtiriladi (TIF TN 170199).

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov esa iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Karshiboyevdan apelsin konsentratlariga boj qo‘llash qanchalik maqsadga muvofiqligini so‘radi. U apelsin O‘zbekistonda yetishtirilmasligini inobatga olib, mazkur yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Vitse-premyer Jamshid Xo‘jayev Iqtisodiyot va moliya vazirligiga masalani o‘rganib, ikki hafta ichida xulosa taqdim etishni topshirdi. U, shuningdek, mamlakatda shakar ishlab chiqarish bo‘yicha ikki yirik loyiha amalga oshirilayotganini, 2–3 yil ichida mahalliy ishlab chiqarish hajmi oshishi kutilayotganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston biznesi shakar va meva konsentratlari importi boji bekor qilinishini so‘radi