O‘zbekistonga tibbiy maqsadda keluvchilar soni 86 ming nafarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga 86 199 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich mintaqada tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini va O‘zbekistonning tibbiy yo‘nalishdagi jozibadorligi kuchayayotganini anglatadi.
Mamlakatlar kesimida eng katta ulush Tojikiston fuqarolariga to‘g‘ri keladi — 59 145 nafar. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iz Respublikasi (15 631) va Qozog‘iston (8 224) qayd etilgan. Shuningdek, Rossiyadan 1 899, Afg‘onistondan 914, Turkmanistondan 224 nafar fuqaro davolanish uchun kelgani ko‘rsatilgan.
Ro‘yxatda uzoq davlatlar ham bor: Turkiyadan 47, AQShdan 16, Xitoydan 15, Ozarbayjondan 11 nafar. Qolaversa, boshqa davlatlar hissasiga 73 nafar bemor to‘g‘ri kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!