date

O‘zbekistonda tog‘larda yomg‘ir va qor kutilmoqda

O‘zbekistonda tog‘larda yomg‘ir va qor kutilmoqda
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 11-dekabr kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kuni va kechasi -2°…-7° oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Ammo respublikaning aksariyat tekislik hududlarida iliq ob-havo saqlanib qoladi. Toshkent shahrida qisman bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kunduz kuni havo harorati +12°…+14° gacha ko‘tariladi. Buxoro, Navoiy, shuningdek, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida sharqiy shamol kuchayishi, uning tezligi 20-22 m/s gacha yetishi mumkin.

Ushbu hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda tog‘larda yomg‘ir va qor kutilmoqda