Toshkentdagi Chorsu bozorida yuzaga kelgan yong'in tezkor bartaraf etildi

26 yanvar kuni Toshkentdagi Chorsu bozori hududida joylashgan do'konlardan birida yong'in chiqdi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.
Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar soat 16:04 da kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan.
Yong'in soat 16:20 da jilovlandi, 16:25 da esa to'liq o'chirildi. FVB ma'lumotiga ko'ra, hodisada halok bo'lganlar va jabrlanganlar yo'q.
Olov do'kon podvalining qariyb 15 kvadrat metr maydonini shikastlagan. Yong'in kelib chiqish sabablari aniqlashtirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing