date

Toshkentda yomg'ir va qor kutilmoqda

Toshkentda yomg'ir va qor kutilmoqda
Toshkentda bugun havo o'zgaruvchan bo'ladi. Kechasi va ertalab yomg'ir yog'ishi, keyinchalik qorga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda O'zgidromet.

Kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi, harorat 3–5 darajagacha ko'tariladi, kechasi esa 1–3 daraja iliq bo'ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, qorga aylanadi.

Kunduzgi va tungi harorat 0–5 darajani tashkil etadi. Farg'ona vodiysida harorat 10 darajagacha yetishi kutilmoqda.

Tog'oldi va tog'li hududlarda ba'zi paytlarda kuchli yog'ingarchilik bo'lishi mumkin, harorat –5 darajagacha pasayadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog'li hududlarida qor ko'chishi xavfi e'lon qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda yomg'ir va qor kutilmoqda