date

Top chempionatlarda bugungi tur bahslari: muxlislar uchun qiziq o‘yinlar

Top chempionatlarda bugungi tur bahslari: muxlislar uchun qiziq o‘yinlar

Haftaning dam olish kunlari Yevropaning “top-5” ligalarida navbatdagi tur o‘yinlari bilan yanada qiziydi. Bugun ham futbol ishqibozlarini juda sermazmun dastur kutyapti: Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasidagi "Manchester Siti" "Tottenxem"ga qarshi maydonga chiqsa, La Ligada "Real Madrid" o‘z uyida "Rayo Valekano" bilan kuch sinashadi.

Qisqasi, kechqurun “pult qo‘lingda titraydigan” kun: bir tomonda APLning qattiq tempi, boshqa tomonda La Liganing taktik o‘yini. Qolaversa, A Seriya, Liga 1 va Bundesligada ham ancha “og‘ir” to‘qnashuvlar bor.

Quyida bugungi to‘liq bellashuvlar ro‘yxati.

APL | 24-tur

19:00 — Aston Villa – Brentford

19:00 — Manchester Yunayted – Fulxem

19:00 — Nottingem Forest – Kristal Pelas

21:30 — Tottenxem – Manchester Siti

La Liga | 22-tur

18:00 — Real Madrid – Rayo Valekano

20:15 — Betis – Valensiya

22:30 — Xetafe – Selta

01:00 — Atletik Bilbao – Real Sosedad

A Seriya | 23-tur

16:30 — Torino – Lechche

19:00 — Komo – Atalanta

22:00 — Kremoneze – Inter

00:45 — Parma – Yuventus

Liga 1 | 20-tur

19:00 — Lion – Lill

21:15 — Tuluza – Oser

21:15 — Nitssa – Brest

21:15 — Anje – Mes

00:45 — Strasbur – PSJ

Bundesliga | 20-tur

19:30 — Shtutgart – Frayburg

21:30 — Borussiya Dortmund – Xaydenxaym

Bugungi afishada eng katta intriga, tabiiy, Londondagi to‘qnashuv: “Siti” uchun har bir ochko qimmat, “Tottenxem” esa uyda “o‘zicha qonun”. Shuning uchun bu kecha — gollar, nervlar va memlar uchun tayyor turing.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Top chempionatlarda bugungi tur bahslari: muxlislar uchun qiziq o‘yinlar